Amaliy mashg‘ulotlar
Nazariy darslar amaliy loyiha va seminarlar bilan mustahkamlanadi.
Universitetning akademik tuzilmasi — talabalarga chuqur bilim va amaliy ko‘nikma beruvchi fakultet va kafedralar bilan tanishing.
Fakultet dekani — Anvarov Abdulhamid Akmaljon o‘g‘li. Fakultet Nizomi Toshkent gumanitar fanlar universiteti Kengashining 2025-yil 4-sentyabrdagi 1-sonli yig‘ilishining 5-sonli qarori asosida tasdiqlangan.

Fakultet zamonaviy amaliy ko‘nikmalarni gumanitar bilim asoslari bilan uyg‘unlashtirib, keng dunyoqarashga ega, tanqidiy fikrlaydigan va amaliyotga tayyor mutaxassislarni tarbiyalaydi.
Talabalarga sifatli va zamonaviy ta’lim berish uchun yaratilgan imkoniyatlar.
Nazariy darslar amaliy loyiha va seminarlar bilan mustahkamlanadi.
Yetuk pedagogik tarkib talabalarga individual e’tibor qaratadi.
Mehnat bozori talablariga mos yangilangan kurrikulum.
Xorijiy tillar va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Amaliy va gumanitar fanlar fakultetining asosiy ko‘rsatkichlari.
Fakultetda 88 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
2024–2025-o‘quv yilida 23 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim beriladi.
Aniq va gumanitar fanlar hamda Pedagogika va tillar kafedralari faoliyat yuritadi.
Har bir kafedra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifatini ta’minlaydi.
Aniq fanlar va gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha bazaviy nazariy tayyorgarlikni ta’minlaydi, talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Pedagogik mahorat va til o‘rgatish metodikasi bo‘yicha ta’lim beradi, kelajakdagi o‘qituvchi va tilshunoslarni tayyorlaydi.