21-oktabr – O‘zbek tili bayrami Samarqand kampusida!
Toshkent gumanitar fanlar universiteti Samarqand kampusida 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va ehtiromni namoyon etib, uning nufuzini yanada yuksaltirish, sofligini asrash hamda kelajak avlodga yetkazish muhimligini ta’kidladilar.
O‘zbek til – millatimizning ruhi, o‘zligimiz va milliy iftixorimiz! Ona tilimizni qadrlash, uni asrab-avaylash va rivojlantirish barchamizning muqaddas burchimizdir.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI