21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsoli!
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi tariximizdagi muhim voqealardan biri bo‘ldi.
Bugun ona tilimizni asrab-avaylash, uning boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish va kelajak avlodga munosib yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.
O‘zbek tilining nufuzi va mavqeyi yanada yuksalaversin!
21-oktabr - O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI