21-oktabr — O‘zbek tili bayrami!

Toshkent gumanitar fanlar universiteti Pedagogika va tillar kafedrasi tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, ma’naviy merosimiz va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan bebaho boylik ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ona tilimizning nufuzini oshirish, uning sofligini asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning milliy g‘ururi va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, ularda ona tiliga bo‘lgan mehr va muhabbatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Ona tilimiz — millatimiz faxri, g‘ururi va ma’naviy boyligidir! Uni asrash va rivojlantirish barchamizning burchimizdir.