Toshkent gumanitar fanlar universiteti To‘rtko‘l kampusi professor-o'qituvchilari hamda talabalari Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universitetida akademik mobillik dasturi doirasidagi tashriflarini davom ettirmoqda.
Tashrif davomida talabalar va delegatsiya rahbariyati Osh davlat universitetida samimiy kutib olindi. Delegatsiya a’zolari universitetning ta’lim tizimi, o‘quv jarayonlari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Mazkur akademik mobillik dasturi talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish, yangi bilimlarni egallash hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalqaro ta’lim safarlari yoshlar uchun yangi imkoniyatlar, keng dunyoqarash va kelajakdagi kasbiy rivojlanish sari muhim qadamdir.

Talabalarimizga akademik mobillik dasturi doirasidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat va ulkan yutuqlar tilaymiz!