Toshkent gumanitar fanlar universiteti To‘rtko‘l kampusining 4 nafar faol talabasi akademik mobillik dasturi doirasida Qirg‘iziston Respublikasining nufuzli Osh davlat universitetida o‘qishni davom ettirish uchun jo‘nab ketdi.
Ushbu muhim voqea munosabati bilan universitet ta’sischisi J.S. Saburov hamda o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i U. Abduramonovlar ishtirokida talabalar bilan uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
- xalqaro tajriba: akademik mobillik dasturining talabalar kelajagidagi o‘rni va ahamiyati;
- yangi imkoniyatlar: universitet tomonidan xorijda ta'lim olish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar;
- malaka oshirish: zamonaviy xalqaro ta’lim tajribasini o‘rganish hamda bilim va ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish.
Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati xorijga yo‘l olayotgan talabalarga muvaffaqiyat tiladi. Ularning Qirg‘izistondan yangi bilimlar, boy tajriba va unutilmas taassurotlar bilan qaytishlariga ishonch bildirildi.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI