Akademik mobillik: talabalarimiz xorijda ta’lim olmoqda!

Toshkent gumanitar fanlar universiteti To‘rtko‘l kampusining 4 nafar talabasi akademik mobillik dasturi asosida Qirg‘iziston Respublikasidagi Osh davlat universitetida tahsil olmoqda.

Talabalarimiz dars mashg‘ulotlarida ishtirok etish bilan birga, Osh shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilib, uning tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Xorijda ta’lim olish, yangi do‘stlar orttirish va tajriba almashish talabalarning bilim hamda dunyoqarashini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.