TGFU talabalari giyohvandlikka qarshi: Biz sog‘lom turmush tarzi va porloq kelajak tarafdorimiz!
Toshkent gumanitar fanlar universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli illatlardan asrash hamda jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari izchil davom etmoqda.
Universitetimiz yoshlari bugungi kunning eng og‘riqli muammolaridan biri bo‘lgan asr vabosi — giyohvandlikka qarshi birdamlik bilan kurashishga intilmoqdalar. Zero, giyohvandlik — bu shunchaki zararli odat emas, balki inson salomatligi, uning porloq kelajagi, orzu-maqsadlari va butun bir jamiyat osoyishtaligiga jiddiy tahdid soluvchi mudhish illatdir.
Shu bois, TGFU jamoasi va talaba-yoshlari ushbu illatga qarshi kurashish, tengdoshlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish va sog‘lom hayot tarzini keng yoyishni o‘zlarining fuqarolik hamda insoniy burchlari deb biladilar.
Bizning oliy maqsadimiz va shiorimiz:
— Giyohvandlikka mutlaqo qarshimiz!
— Sog‘lom va faol turmush tarzini tanlaymiz!
— Yoshlar kelajagi va taqdiriga aslo befarq emasmiz!
— Sog‘lom, kuchli va farovon jamiyat barpo etish tarafdorimiz!
Aziz talabalar va zamondoshlar! Kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan asraylik, zararli odatlardan uzoq bo‘lib, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shaylik!
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI