Toshkent gumanitar fanlar universiteti ta’sischisi J.S. Saburov rahbarligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Chang’an universitetiga rasmiy tashrifi doirasida delegatsiya a’zolari Chang’an universitetida xorijlik talabalar ta’limining 70 yillik yubileyi (1956–2026) munosabati bilan tashkil etilgan tantanali xalqaro anjuman va madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
E’tiborli jihati, xalqaro tadbir davomida Toshkent gumanitar fanlar universitetining nufuzli olimi va xitoy tili mutaxassisi Ilhom Qosimovning faoliyati alohida e’tirof etildi. O‘zbekistonda xitoy tili rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan yetakchi xitoyshunos, o‘nlab qadimgi xitoy tili kitoblar tarjimoni va malakali lug‘atshunos olim Ilhom Qosimovning aynan shu dargoh — Chang’an universitetida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagani, ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va madaniy ko‘prikning yorqin namuna sifatida alohida ta’kidlab o‘tildi. Ushbu e’tirof Toshkent gumanitar fanlar universitetining intellektual salohiyati va xalqaro aloqalari nechog‘lik yuqori ekanligini yana bir bor isbotladi.
← Yangiliklarga qaytishUniversitet yangiliklari
Chang’an universitetida xorijlik talabalar ta’limining 70 yillik yubileyi: O‘zbekistonlik xitoyshunos olim alohida e’tirof etildi

TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI