Toshkent gumanitar fanlar universiteti ta’sischisi J.S. Saburov rahbarligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasidagi rasmiy tashrifi samarali uchrashuvlar va amaliy tadbirlarga boy bo‘lmoqda. Tashrif dasturining navbatdagi muhim bosqichi sifatida delegatsiya a’zolari Chang’an universitetida talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim infratuzilmasi va moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, delegatsiya vakillari universitetning eng zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, axborot-resurs markazlari, shuningdek, xorijlik talabalar uchun mo‘ljallangan shinam turar joy majmualari va ijtimoiy obyektlarni ko‘zdan kechirdilar. Chang’an universitetining ilg‘or tajribasini o‘rganish, talabalarga jahon standartlari darajasida bilim berish va ularning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan muhit Toshkent gumanitar fanlar universiteti rahbariyatida katta taassurot qoldirdi. Mazkur tanishuv kelgusida ikki oliygoh o‘rtasida talabalar almashinuvini yanada rivojlantirish va Toshkentda ham shu kabi ilg‘or infratuzilma andozalarini tatbiq etish uchun mustahkam zamin yaratadi.
← Yangiliklarga qaytishUniversitet yangiliklari
Ilg‘or tajriba andozalari: Toshkent gumanitar fanlar universiteti delegatsiyasi Chang’an universiteti infratuzilmasini o‘rgandi

TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI