21-OKTYABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN CHALLENGE E’LON QILINADI!
Toshkent gumanitar fanlar universiteti talabalari diqqatiga!
21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan universitetimizda “Ona tilim — faxrim, g‘ururim!” nomli videoroliklar chellenji e’lon qilinadi!
CHALLENGE SHARTLARI:
Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlardan birida 1 daqiqalik videorolik tayyorlashlari lozim:
1. O‘zbek tili tarixi va buguni. O‘zbek tilining shakllanish tarixi, davlat tili sifatidagi maqomi, bugungi kundagi o‘rni va rivoji haqida videorolik tayyorlash.
2. Ona tilim — jon-u dilim! O‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlarni ifodali va ta’sirchan tarzda o‘qib, videorolik yaratish.
G‘OLIBLAR QANDAY TAQDIRLANADI?
Eng mazmunli, ijodiy yondashuv asosida tayyorlangan va yuqori saviyada ijro etilgan videoroliklar saralanadi. G‘oliblar universitet rektorining maxsus sertifikatlari bilan taqdirlanadi!
Videoroliklarni yuborish manzili:
Tayyorlangan materiallarni Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Boqiyev Xojiakbarga @k_kamalovich Telegram manzili orqali yuborishingiz so‘raladi.
Aziz talabalar! Ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatingizni ijodingiz orqali namoyon eting! O‘zbek tilining boyligi, jozibasi va betakrorligini birgalikda targ‘ib qilaylik!

TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI