Toshkent gumanitar fanlar universiteti (TGFU) ta'sischisi J.S. Saburov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasidagi nufuzli hamkorlardan biri — Chang'an universitetiga rasmiy tashrif doirasida Chang'an universiteti Xalqaro bitiruvchilar uyushmasining (Chang'an University International Alumni Association) tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Chang'an universitetida xalqaro bitiruvchilar uyushmasining tashkil etilishi nafaqat ushbu universitet, balki uning xalqaro hamkorlari, xususan, Toshkent gumanitar fanlar universiteti (TGFU) uchun ham katta strategik ahamiyatga ega.

Shuningdek, ikki universitet rahbarlari muzokaralar olib bordi. Muzokaralar davomida ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi uch yillik samarali hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, ta'lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini (akademik mobillik) yanada kengaytirish borasida yangi strategik kelishuvlarga erishildi.