Toshkent gumanitar fanlar universiteti tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-dekabrdagi 501-son buyrug‘i 1-ilovasi 9.3-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet xodimlari 2026-yil 12-oktabr kuni Qirg‘iz Respublikasining O'sh davlat universitetiga tajriba almashish va malaka oshirish uchun yuborildi.

Mazkur tashrif davomida xorijiy oliy ta’lim muassasasi tajribasini o‘rganishi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishi hamda ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatida qo‘llashi ko‘zda tutilgan.