TGFUda “Islohotlar bilimdoni” ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Toshkent gumanitar fanlar universitetida “Islohotlar bilimdoni” ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining birinchi va ikkinchi bosqichlari doirasida saralash jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, ishtirokchilarning siyosiy-huquqiy bilimlari va dunyoqarashini oshirish hamda ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
Tanlov jarayonida ishtirokchilarning bilim va salohiyati belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Mazkur ko‘rik-tanlov yoshlarning bilimini mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI