Toshkent gumanitar fanlar universitetida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv jarayonlari belgilangan reja va dars jadvali asosida tizimli ravishda olib borilmoqda.
Talabalar dars jarayonlarida faol ishtirok etib, o‘z sohalari bo‘yicha nazariy bilimlarini yanada boyitmoqda hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda. Universitetda sirtqi bo‘lim talabalarining sifatli ta’lim olishlari va mavsumiy imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Ta’lim muassasasi ma’muriyati darslarning belgilangan jadval va tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida, yuqori saviyada tashkil etilishini qat’iy nazoratga olgan.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI