Toshkent gumanitar fanlar universiteti (TGFU) Samarqand kampusida talaba-yoshlar o‘rtasida ijodiy va adabiy muhitni shakllantirish maqsadida she’riyat yo‘nalishidagi ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovning asosiy maqsadi — talabalarning yashirin ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida adabiyot va she’riyatga bo‘lgan muhabbatni oshirish hamda kelajakda porlashi kutilayotgan yosh iste’dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
O‘z iqtidori va qalamiga ishongan barcha talabalar ushbu adabiy bellashuvda faol ishtirok etishdi.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI