XITOY – O‘ZBEKISTON: TA’LIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA
2026-yil 26-oktabr kuni “Xitoy – O‘zbekiston: kasb-hunar ta’limini xorijda rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik va tajriba almashish uchrashuvi” (China-Uzbekistan Vocational Education Overseas Cooperation Exchange Meeting) bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda Toshkent gumanitar fanlar universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli tadbir Shanxi kasb-hunar ta’limi jamiyatining tashqi aloqalar va hamkorlik qo‘mitasi (Foreign Exchange and Cooperation Committee of Shanxi Vocational Education Society) hamda Yoshlar ta'limi bo'yicha xalqaro almashinuv markazi (Youth Education International Exchange Center) tomonidan tashkil etildi. Anjumanda ikki mamlakat o'rtasidagi ta'lim aloqalarini mustahkamlash, zamonaviy kadrlar tayyorlash va o'zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ishtirok etgan hamda hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan oliy ta'lim muassasalari:
• Taiyuan texnologiya universiteti (Taiyuan University of Technology) — Xitoyning yetakchi texnik oliygohlaridan biri bo'lib, muhandislik va ilg'or texnologiyalar sohasida qo'shma dasturlarni rivojlantirishga e'tibor qaratmoqda.
• Taiyuan shahar kasb-hunar kolleji (Taiyuan City Vocational College) — shaharsozlik, transport va xizmat ko'rsatish sohalari uchun amaliy ko'nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash bo'yicha o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi.
• Jinzhong kasb-hunar va texnik kolleji (Jinzhong Vocational & Technical College) — ishlab chiqarish, texnik xizmat ko'rsatish va zamonaviy sanoat yo'nalishlarida kadrlar malakasini oshirish bo'yicha hamkorlikni maqsad qilgan.
• Shanxi mexanika va elektrotexnika instituti (Shanxi Institute of Mechanical & Electrical Engineering) — mashinasozlik, elektrotexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar bo'yicha o'quv dasturlarini raqamlashtirish loyihalarini taklif etdi.
Anjumanda gumanitar va ijtimoiy sohalar bilan bir qatorda zamonaviy professional ta'lim standartlarini joriy etish hamda xalqaro aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi hamda bir qancha kelishuvlarga erishildi.
Ushbu xalqaro uchrashuv O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi ta'lim sohasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga hamda talabalarga xalqaro andozalar asosida zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga xizmat qiladi.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI