+998 55 555-15-55info@tgfu.uz

Toshkent gumanitar fanlar universiteti talabalari nafaqat ilm-fanda, balki sport maydonlarida ham ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritmoqda.
21–24-may kunlari Farg‘ona shahrida an’anaviy taekvondo ITF bo‘yicha xalqaro Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 8 ta davlatidan kelgan 204 nafar eng sarra va kuchli sportchilar g‘oliblik uchun murosasiz bahslarga kirishgan ushbu nufuzli turnirda universitetimiz talabasi ham yurtimiz va oliygohimiz sharafini munosib himoya qildi.
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Tojaliyeva Maktubaxon 50 kg vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va shohsupaning eng yuqori 1-pog‘onasidan joy oldi!
Maktubaxonning ushbu ulkan g‘alabasi butun universitetimiz jamoasi uchun cheksiz faxr va iftixor manbaidir. U o‘zining matonati, tinimsiz mehnati va g‘alabaga bo‘lgan yuksak ishtiyoqi bilan universitetimiz nomini xalqaro arenada baland ko‘tardi.
Toshkent gumanitar fanlar universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari jamoasi nomidan talabamizni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Maktubaxonga kelgusi nufuzli musobaqalarda hamda o‘qishlarida yangi-yangi zafarlar tilab qolamiz.

Talaba yutug'i

G‘alaba muborak, Maktubaxon!