Pedagogika
Maktabgacha ta’lim
Boshlang‘ich ta’lim
Biologiya
Tarix
O‘zbek tili va adabiyoti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili)
Iqtisodiyot
Xalqaro munosabatlar
Psixologiya
Buxgalteriya hisobi va audit
Menejment
Marketing
Sun’iy intellekt
Turizm va mehmondo‘stlik
Logistika
Pedagogika
Maktabgacha ta’lim
Boshlang‘ich ta’lim
Biologiya
Tarix
Iqtisodiyot
Menejment
Marketing
01.04.2026 501
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY MULOQOT.
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY MULOQOT.


✅ Bugun universitetimizning Talabalar turar joyida "Aniq va gumanitar fanlar" kafedrasi professori IBROXIM XABIBULLAYEV ishtirokida talabalar bilan samimiy “DAVRA SUHBATI” tashkil etildi. Suhbat davomida professor talabalar turar joyidagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va yoshlar bilan hudud tarixi haqida qiziqarli muloqot qildi.

✅ Tadbirning eng qiziqarli qismi Zangiota qishlog‘i nomi va bu ulug‘ zotning shaxsi haqida bo‘ldi. Professor Ibroxim Xabibullayev talabalarga quyidagi muhim ma’lumotlarni yetkazdi:

✅ Zangiota aslida kim? Ustoz o‘z ma’ruzasida Zangiota (asl ismi Oyxo‘ja ibn Tohurxo‘ja) oddiy inson emas, balki o‘z davrining yetuk olimi, ma’naviyat peshvosi va tasavvuf ilmining yirik namoyandasi bo‘lganliklarini ta’kidladi.

✅ Nimalarga aniqlik kiritildi? Suhbat davomida bu ulug‘ zot haqidagi noto‘g‘ri tushunchalar, ya’ni u kishini faqat afsonaviy personaj yoki shunchaki cho‘pon sifatida bilish noto‘g‘ri ekanligi, aksincha, u kishi Ahmad Yassaviy tariqatining davomchisi va xalq orasida yuksak hurmatga sazovor bo‘lgan ma’rifatparvar avliyo bo‘lganliklari tushuntirib berildi.

✅ Nima uchun bu hudud Zangiota deb nomlanadi? Ushbu qishloq aynan shu ulug‘ zot mangu qo‘nim topgan maskan va u kishining nomi bilan bog‘liq tabarruk qadamjo bo‘lganligi sababli shunday atalishi talabalarga so‘zlab berildi.

Bunday mazmunli suhbatlar talabalarning o‘zi yashab turgan hudud tarixini chuqur o‘rganishiga va ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida ulg‘ayishiga xizmat qiladi.

📞 Telefon: +99878-888-66-66

Hamkorlarimiz

Ta'lim sohasidagi hamkorlarimiz!

QORAQALPOG’ISTON SAMARQAND TOSHKENT

Bog'lanish

Biz bilan bog'lanish

Manzil

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani, Guliston MFY, Beruniy tup koʻchasi 146-uy

2. Toshkent shahri, Yangixayot tumani, Choshtepa MFY, Choshtepa ko’chasi, 381-uy

3. Samarqand kampusi, Samarqand shahri, Obi Rahmat MFY, Obi Rahmat ko‘chasi, 3A-uy

Toshkent

+998 55 555-15-55

Samarqand

+998 55 510-88-66

Qorqalpog’iston

+998 97 895-66-66

Kontrakt bo’limi

+998 97 863-88-88

Email

info@tgfu.uz

Ish kunlari

9:00 dan 20:00 gacha ish vaqti

Loading
Sizning xabaringiz yuborildi. Tashakkur!