2024/2025 yillar uchun QABUL Tugatildi

Toshkent gumanitar fanlar universitetida har bir talaba oʻzi qiziqqan yo‘nalishi boʻyicha taʼlim olishi imkoniyatiga ega. Ushbu sohalarda taʼlim olish asnosida yetuk kadr boʻlib, oʻz sohasining mutaxassisi boʻlishlari maqsadini koʻzlaganmiz. Ta’lim yo’nalishlari soni 20 dan ortiq.

Yangiliklar

03.08.2024

Talabalar Turar joyi

– Bayram va ishtirokda faol ishtirok etgan va oʻz xulqi bilan boshqa talabalarga oʻrnak boʻlgan…

Talabalar Turar joyi
27.02.2023

Universitetda sport

— Futbol chempionati bahslari boʻlib oʻtadi. Har haftaning yakshanba kunlari fakultetlararo jamoaviy oʻyinlar tashkil etiladi.

Universitetda sport
27.02.2023

Universitet talabalari

— Hafta davomida 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻz yoʻnalishining mutaxassislari jalb etiladi. Talabalar uchun seminar-treninglar…

Asosiy
27.02.2023

Universitet

— Universitetning shinam kutubxonasi, barcha qulayliklarga ega mustaqil taʼlim zallari, zamonaviy kompyuterlarga ega oʻquv zallarida…

Biz haqimizda

Universitetning afzalliklari

Toshkent gumanitar fanlar universiteti ta’lim va tadqiqot konsepsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan va uyg‘unlashtirgan oliy ta’lim muassasasidir. Ta’lim berish sifati uning barcha jabhalarida namoyon bo‘ladi. Universitet a’lo darajada bilim beradigan va ijtimoiy ta’sirga ega nufuzli xalqaro universitet bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.



Universitetimiz quyidagi afzalliklarga ega

Asosiy

1. Siz nafaqat respublikamizda, balki xalqaro miqyosda ham tan olinadigan diplom egasi bo‘lasiz. TGFU diplomi bilan dunyoning xohlagan mamlakatidagi oliy o‘quv yurtlariga magistratura yoki doktoranturaga o‘qishga, shuningdek, xalqaro kompaniyalarga ishga hujjat topshirishingiz mumkin

Asosiy

  1. Tasdiqlangan malaka talablari asosida dars mashg‘ulotlari tashkil etiladi. O‘tiladigan darslar jahon va milliy ta’lim standartlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining me’yor va talablariga mos keladi.

Asosiy

3. Ta’limning mazmun-mohiyati o‘quvchilarga sifatli bilim berishdan tashqari, ularning qobiliyatlarini ham rivojlantirishdan iboratdir. Buni amalga oshirish maqsadida dars jarayonlarida innovatsiyalar va interfaol o‘qitish usullaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari keng qo‘llaniladi

Asosiy

4. Dars mashg‘ulotlari amaliyot bilan uyg‘un tarzda olib boriladi. Talabalar hamkor tashkilot va korxonalarda amaliyot o‘taydilar, bilim-tajriba to‘playdilar, universitet+korxona loyihalarida ishtirok etish, ilmiy anjumanlar, xalqaro konferernsiyalar va forumlarda qatnashish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi

Asosiy

5. Xalqaro hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan. Jahonning 20 dan ortiq davlatlaridagi 50 ga yaqin taʼlim muassasalari va korxonalari bilan talabalarni o‘qitish, pedagog-kadrlar malakasini oshirish, o‘quv-treninglar o‘tkazish, “2+2”, “3+1”, “ta’lim+tur”, “universitet+korxona” loyihalarini amalga oshirish, tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, madaniy almashinuvlar bo‘yicha hamkorlik qilib kelinmoqda

Asosiy

6. Talabalarning har tomonlama rivojlanishlariga imkon va sharoit yaratilgan. Talabalar zamonaviy jihozlangan o‘quv binolarida tahsil oladilar. Universitetimizda talabalarga bilim berishdan tashqari, turli madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy va sport tadbirlari orqali ularda yaratuvchanlik, rahbarlik, yetakchilik, jamoatchilik bilan ishlash ko‘nikmalari shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi, o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatlarini namoyon eta olishlari uchun zaruriy sharoit yaratiladi. Ijtimoiy faol shaxsga aylanadilar. Universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, doimo rag‘batlantirilib boriladi. Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi

Asosiy

7. To‘lov-shartnoma miqdorlari hamyonbop, shuningdek, turli stipendiya va grantlar ham mavjud. Universitetimizda o‘zingizga qulay narxlarda sifatli ta’lim olishingiz mumkin. Toshkent gumanitar fanlar universiteti Ta’limni rivojlantirish fondi har yili yuzlab talabalarga grantlar ajratadi. Bundan tashqari, faol, iqtidorli talabalar uchun ham bir martalik pul mukofotlari ham beriladi

Asosiy

8. Ajoyib o‘quv muhitida maroq bilan bilim olasiz. Talabalarning yuqori sifatli bilim olishlari uchun zamonaviy o‘quv muhiti yaratilgan. Bizning professor-o‘qituvchilarimiz chuqur bilim va boy tajribaga ega. Talabalar guruh muhokamalari, kasbiy amaliyotlar, soha mutaxassislari tomonidan qilinadigan ma’ruzalar orqali amaliy o‘qitish jarayonlarida ishtirok etadilar.. Yurtimizning yozuvchi-shoirlari, davlat arboblari bilan uchrashuvlar ham tashkil qilinadi.

Asosiy

9. Hududiy jihatdan qulay yerda joylashgan. Respublikamizning 3 ta hududida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida, Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘quv kampuslarimiz mavjud. Siz o‘zingizga yaqin kampusimizni tanlab, hujjat topshirishingiz va ta’lim olishingiz mumkin. Bu esa har qanday noqulayliklar, ortiqcha tashvish va xarajatlarning oldini oladi. Kampuslarimiz yaqinida supermarketlar, banklar, oshxonalar va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari mavjud

Asosiy

10. Zamonaviy va barcha qulayliklarga ega yotoqxona mavjud. Toshkent gumanitar fanlar universiteti bozor iqtisodiyoti sharoitida abituriyent va talabalarga yengillik va qulaylik yaratish maqsadida talabalar turarjoylarini qurdi. Ayni paytda universitetimizning har bir kampusi oʻzining yotoqxonalariga ega. To‘rtko‘l kampusida 3 qavatli 220 o‘rinli yotoqxona binosi mavjud. 2023-yil boshida Toshkent kampusi talabalari uchun ham 500 o‘rinli uch qavatli yangi zamonaviy yotoqxona qurib bitkazildi. Keng, yorug‘ va shinam xonalarda talabalar o‘zlarini xuddi o‘z uylaridagidek his qilishadi. Har bir qavatda alohida oshxonalar, yuvinish va kiyim yuvish xonalari mavjud. Yotoqxona zamonaviy maishiy texnikalar bilan to‘liq jihozlangan

11. Abituriyentlar o‘zlari yaxshi ko‘rgan yo‘nalishlarni tanlashlari mumkin. Universitetimizda 30 ga yaqin bakalavr hamda 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud. Ingliz, rus, xitoy, koreys, arab, fransuz kabi o‘nga yaqin xorijiy tillar o‘qitiladi

Asosiy

  1. Bitiruvchilarimiz orasida ish bilan bandlik kafolati darajasi juda yuqori, 95-97% ni tashkil etadi. Davlat tashkilotlari va xususiy firmalarning talabalarimiz bilan ixtiyoriy mehnat shartnomalari imzolashlari ko‘rsatkichi yil sayin oshib bormoqda. Bu universitetimiz bitiruvchilari o‘qishni tamomlagach, ish topish muammosiga duch kelmasliklarini anglatadi. Shuningdek, universitetimiz mahalliy va xorijiy tashkilotlar, kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, talabalarimizning amaliyot o‘tashlari, malaka oshirishlari uchun hamda ularni ish bilan ta’minlashga qaratilgan “universitet+korxona” dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.

 

Asosiy

Bilimingizni kengaytirish

Asosiy

Oliy ma'lumotga ega bo'lish ish beruvchilar uchun kasbiy tayyorgarlikning belgisidir

Asosiy

Vaqt va pul investitsiyalar

Asosiy

Bilimingizni kengaytirish

Asosiy

Oliy ma'lumotga ega bo'lish ish beruvchilar uchun kasbiy tayyorgarlikning belgisidir

Asosiy

Vaqt va pul investitsiyalar

Filiallar

Toshkent gumanitar fanlar universitetida har bir talaba oʻzi qiziqqan yo‘nalishi boʻyicha taʼlim olishi imkoniyatiga ega. Ushbu sohalarda taʼlim olish asnosida yetuk kadr boʻlib, oʻz sohasining mutaxassisi boʻlishlari maqsadini koʻzlaganmiz. Taʼlim yoʻnalishlari soni 5 tani tashkil etadi Demak.

Yoʻnalishlar haqida qisqacha